11:50 / 22.03.2016
1774

Krasnoyarsk o‘lkasidagi turar-joy binolari tomi kuchli shamol natijasida uchib tushdi

21 mart kuni Rossiyaning Dudinka shahridagi SHCHors ko‘chasi bo‘ylab esgan kuchli shamol 5 qavatli uy tomining katta qismini uchirib ketdi. Bu haqida Krasnoyarsk o‘lkasining FVV bergan ma'lumot orqali “Moskovskiy komsomolets” xabar berdi.

Nashrning xabar qilishicha, tom uyning yoniga qulab tushgan va natijada hech kimga zarar yetmagan. Tomlarning binodan ajralib, qulashiga 17 m/s shiddat bilan esgan kuchli shamol sabab bo‘ldi. Meteorologlar 22 mart kuni yanada kuchli shamol kuzatilishini xabar berishdi.

Top