19:38 / 22.03.2016
3181

Nyu-Yorkda Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha AQShning Nyu-York shtati, Bruklin shaharchasida "Navro‘z" ayyomiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Bayram kechasiga okean ortida istiqomat qilayotgan ko‘plab vatandoshlarimiz va shu bilan birga, mahalliy mehmonlar ham tashrif buyurishdi.

Bayram avvalida, O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi konsuli Tojimatov Mavlonbek Maxamadjonovich tabrik nutqida barchani Navro‘z ayyomi bilan butun O‘zbekiston nomidan qizg‘in muborakbod etib, bayramni yuqori shukuh bilan ochib berdi.

Bayramning badiiy dasturi davomida bugungi kunda AQShda o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirayotgan bir qancha san'atkorlarimiz chiqishlari va kechaning asosiy mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov tomonidan ijro etilgan ko‘plab kuy-qo‘shiqlar kechaga tashrif buyurgan mehmonlarga haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashdi. Qaynoqqina bahoriy taom bo‘lmish sumalak mehmonlar ko‘z o‘ngida ochildi va barchaga ulashildi.

Top