17:37 / 22.03.2016
1978

OAV: Bryusseldagi teraktlar qurbonlari soni 34 nafar bo‘ldi

22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida yuz bergan teraktlar natijasida jami 34 kishi halok bo‘lgan va 81 kishi jarohatlangan. Bu haqda VRT telekanalida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, aeroport hududida 14 kishi, metropolitenda esa 20 kishi terakt qurboniga aylangan.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 28 nafar ekani (aeroportda 17, metroda 11 kishi) aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart, seshanba kuni Belgiya poytaxti Bryusselda aeroport va metroda portlashlar yuz berdi. Hukumat aeroportdagi portlashlarni terakt deb tan oldi, aholiga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top