16:58 / 22.03.2016
1805

O‘zMUda yapon olimlari bilan uchrashuvda yangi loyihalar haqida kelishib olindi

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida 2005 yildan e'tiboran boshlangan ta'lim sifati bosqichi davrida pedagog-o‘qituvchilarni ilg‘or pedtexnologiyalar va xalqaro ta'lim talablari asosida zamonaviy bilimlarni berish, malakasini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar respublikamiz OTMlarida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan isloh etishga qaratilgan.

Bugungi davrda mamlakatimizdagi 15 tayanch oliy ta'lim muassasasida 71 ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro standardlarga uyg‘unlashtirilgan o‘quv reja va fan dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, yanada takomillashtirilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta'lim ekspertlari bilan bo‘lgan uchrashuvda tarix va arxeologiya fanlari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv reja va fan dasturlarining yangi variantlari bo‘yicha fikr almashildi. Unda Yaponiyaning Rishsho universiteti professorlari Kyudzo Kato, Ikegami Satoru Shimizu Sachiyo va Otaki Katsunorilar hamda O‘zMU professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

Xalqaro ekspertlar O‘zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuvda xalqaro ekspertlarning galdagi hamkorliklari va keyingi o‘quv yilidan Milliy universitetga taklif etilishi rejalashtirilayotgan yapon professorlari tarkibi haqida kelishib olindi.

Top