20:12 / 22.03.2016
1301

Sud Savchenkodan tinch aholini o‘qqa tutish bo‘yicha ayblovlarni soqit qildi

Sud ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkodan Lugansk viloyatida tinch aholini o‘qqa tutish bo‘yicha ayblovlarni soqit qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Sud Savchenkoga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni to‘xtatishga qaror qildi, chunki ushbu ish Rossiya sudi tomonidan olib borila olmaydi”, deb aytdi sud hakami.

Rossiya qonuniga ko‘ra, Rossiya sudi xorijlik fuqaroni Rossiyadan tashqarida boshqa xorijlik fuqaroning hayotiga suiqasd qilgani uchun sud qila olmaydi.

Top