10:57 / 22.03.2016
1613

Yoqutistondagi bolalar uyida bolalarni karavotga bog‘lab qo‘yishdi

Yoqutistondagi "Shahar ixtisoslashtirilgan bolalar uyi"da bolalarni karavotlarga bog‘lab qo‘yishgan. Bu haqda hududiy prokuratura tekshiruvlar natijasiga ko‘ra ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, muassasada boshqa jinoiy harakatlar ham aniqlangan. Xususan, tibbiyot xodimi bolalardan biriga tibbiy muolaja vaqtida infeksiya tushirgan va buni yashirgan. Shuningdek, bolalar uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 3 oylik qizchaning qo‘li singan, bu haqda politsiyaga xabar berilmagan.

Ayni vaqtda prokuratura muassasa rahbariyatiga qarshi ish ochgan, jarayon davom etmoqda.

Top