01:02 / 23.03.2016
1566

Apple yangi texnika xarid qila olmaydiganlar ustidan “kulgani” tanqidga olindi

“Apple”ning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Fil Shiller 21 martda bo‘lib o‘tgan taqdimotda Windows kompyuterlari foydalanuvchilari yangi iPad Pro planshetiga o‘z qurilmalarini o‘zgartirmoqdalar, deb xabar berdi.

“600 milliondan ortiq kompyuterlar besh yildan ko‘proq ishlatiladi. Bu esa achinarli”, - dedi Fil Shiller.

The Next Web nashrining ta'kidlashicha, deyarli har bir besh yillik tajribaga ega kompyuter foydalanuvchisi ikki toifagaga tushadi: ular yoki yangi modelga mablag‘lari yetmaydi yoki kompyuterning komponentlarini alohida yangilashni tanlashadi. Ular yangi texnikaga behudaga xarajat qilishni xohlashmaydi.

Shu bilan birga, nashrning fikriga ko‘ra, “Apple” kompyuterlari “Windows” laptoplaridan ancha qimmat turadi, shuning uchun, kimdirning texnika uchun ortiqcha pul ishlata olmasligi ustidan masxara qilish noo‘rin.

Top