18:04 / 23.03.2016
2195

AQShda smartfonga o‘xshash to‘pponcha yaratildi

Minnesota (AQSh) shtati startapi yig‘iluvchi “Ideal Conceal” to‘pponchasini taqdim etdi. Ushbu qurol yig‘ilganda smartfon ko‘rinishini oladi.
Ixtironi namoyish etuvchi video YouTube saytidagi TomoNews sahifasida ommaga taqdim etilgan.

CNN Money nashrining xabariga ko‘ra, ixtironing g‘oyasi tadbirkor Kirk Chelbergga (Kirk Kjellberg) tegishli. U odamlar atrofdagilarni qo‘rqitmasdan, o‘zlarini himoya qilishlari uchun, o‘q otuvchi qurolni olib yurishlariga imkon berishni maqsad qilib olgan edi.

“Ideal Conceal” 9x17 millimetr kalibrdagi ikki patronni o‘z ichiga sig‘dira oladi. Qurilmaning yig‘ilib turgan holatida o‘t otishning imkoniyati mavjud emas.

Ixtiro muallifidan qurilmani sotib olishlarini surab minglab insonlar xat yozishmoqda. “Ideal Conceal” shu yili 395 dollar qiymatida sotuvga chiqariladi.

Top