13:38 / 23.03.2016
1388

Bryusseldagi teraktlarning yangi tafsilotlari ma'lum qilindi

Bryusseldagi terroristik hujumlar teraktlarga “aysberg nazariyasi” asosida tayyorgarlik ko‘rilganini tasdiqlaydi.

Jorj Vashington Universiteti xodimi Klin Uottsning Business Insider nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, “aysberg nazariyasi”ga binoan terroristik tarmoqning asosiy qismi, xuddi aysberg asosidek, sezilmaydigan xususiyatga ega. Uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Shunday qilib, har bir hujum uyushtirayotgan terrorist ortida bilinmas ittifoqchilar bor.

Boshqa bir maqolada nashr Bryussel politsiyasi teraktlarning oldini ololmaganining sabablarini o‘rganishga harakat qiladi. Unga ko‘ra, Belgiyadagi radikallar bilan bog‘liq vaziyat shunchalar qaltis-ki, huquqni muhofaza qilish organlarining har bir jinoyatchini kuzatishga kuchi va imkoni yetmaydi.

Top