19:12 / 23.03.2016
2656

Internetda shamol harakatga keltirgan Boeing videosi paydo bo‘ldi

Norilsk shahri aeroporti uchish-qo‘nish maydonidagi Boeing samolyotini shamol 180 gradusga surib qo‘ydi. Bu haqida "Dela.ru" nashri xabar berdi.

Samolyotning o‘ng tarafga qarab, o‘z o‘qi atrofida aylanishi video rolikda qo‘rinib turibdi. Nashrning so‘zlariga ko‘ra, videoni aeroport hodimlari tasvirga olishgan.

Ammo aeroportning matbuot xizmati videoning asl ekanligiga ishonch bildirishmadi. Ularning ta'kidlashicha, hozirgi kunda yomon ob-havo tufayli Norilsk shahriga bo‘lgan barcha parvozlar to‘xtatilgan va uchish-qo‘nish maydonida hech qanday samolyotlar mavjud emas.

Norilsk shahrida dushanba kunidan beri soniyasiga 30 metr tezlikda shamol esmoqda. Shaharning ko‘plab aholisi tan jarohatlarini olishgan, hattoki bir ayol qattiq shamol qurboniga aylangan. Shahar ma'muriyati o‘z rasmiy saytida shahardagi kompaniyalar va tashkilotlar rahbarlaridan o‘z xodimlarini uyda bo‘lishlarini maslahat berishlarini so‘radi.

Top