08:20 / 23.03.2016
1809

Panasonic “Nindzya” ekzoskeleti va yordamchi robotlarni namoyish etdi

Panasonic kompaniyasi robototexnikadagi yangi izlanishlari – ekzoskeletlar, robotlashtirilgan kamzullar, elektroto‘shak va yordamchi robotlarni taqdim etdi. Yangiliklar og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchilar – yuk tashuvchilar va fermerlar hamda qariyalar uchun mo‘ljallangan.

AWN-03 ekzoskeleti 15 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashish uchun insonlarga yordamchi sifatida ishlab chiqilgan. Sensorlardan uzatiluvchi signal odamning harakatlarini qayd qiladi, shundan so‘ng, yuk tashuvchining egilishini ta'minlash uchun va belini ushlab turish uchun motorga signal jo‘natiladi.

Shuningdek, insonga yurish va yugurishga yordam beruvchi “Nindzya” nomli boshqa bir ekzoskelet ham namoyish qilindi. Bunday ekzoskelet baland tepaliklarga chiqishda asqotadi. Hozirgi vaqtda bu qurilma orqali yuklarni tepaliklarga ko‘tarib chiqish uchun Panasonic tomonidan ekzoskeletni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Eng katta ekzoskelet “Power Loader” nomini olgan bo‘lib, qurilma quruvchilar yoki qutqaruvchilar uchun ishlab chiqilgan.

“Resyone” robot to‘shagi elektr quvvatida ishlovchi kursi-aravacha va avtomatik tibbiyot to‘shagini o‘z ichiga oladi. Qurilma ikkiga bo‘linib, bir qismi kursi-aravachaga aylanadi va bu shifoxonadagi hamshiralarning ishini osonlashtiradi.

“Self Reliance Support Robot” robot-yordamchisi yoshi kattalarga turmush tarzlarida odatiy bo‘lgan – to‘shakdan turish, hojatxonaga yoki yuvinish xonasiga borish kabi vazifalarni bajarishda yordam beradi.

Top