19:04 / 23.03.2016
1781

Qand kasalligiga chalinganlarning hayotini yengillashtiruvchi grafenli plastir namoyish etildi

Shu kunlarda tarmoqda yangi kiyib yuriluvchi qurilma haqida ma'lumot tarqadi. Bu qurilma Seul universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan shaffof plastir bo‘lib, uning ichida har xil elektron qismlar mavjud. Qurilmaning bosh maqsadi – avtomatik tarzda insonning qondagi glyukoza miqdorini o‘lchash va kerak vaqtda qondagi shakar miqdorini tushiruvchi dorini yuborish hisoblanadi. Ammo bu qurilma hozircha laboratoriyada sinovdan o‘tmoqda va uning prototipi ishlab chiqilgan.

Plastirda teri ajralib chiqishi, glyukoza miqdori va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni o‘lchaydigan sensorlar joylashtirilgan. Shuningdek, tizimda mikroignalar mavjud bo‘lib, ular dorilarni inson organizmiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Qurilmani tayyorlash uchun egiluvchan polimerdan foydalaniladi, ichki qismlari esa oltin va grafendan tayyorlanadi.

Yangi qurilma ma'lumotlarni yig‘uvchi va tahlil qiluvchi smartfon bilan birga ishlaydi. Lekin yuqorida aytib o‘tilganidek, qurilma faqatgina prototip ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda plastir diabeti borlar uchun kunli dori miqdorini sig‘dira olmayapti.

Top