00:31 / 23.03.2016
1448

Savchenko: mavjud bo‘lmagan sud ustidan apellyatsiya bermayman

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko unga chiqarilgan hukm kuchga kirishi bilan suv ichmaslik bilan norozilik e'lon qilishni yana boshlamoqchi. U bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida yozdi.

Savchenko, shuningdek, sud qarori ustidan apellyatsiya bermoqchi emas.

“Rossiya sudi 22 yil berdi va 30 ming rubllik (412 dollar) jarimaga tortdi. Sud hakami noxush holga tushmasdan, tarixga kirishi mumkin edi. 10 kundan keyin hukm kuchga kiradi. Mavjud bo‘lmagan sud ustidan apellyatsiya bermayman. “Quruq” norozilikni 06.04.16 da qayta boshlayman”, deb yozdi Savchenko.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Savchenko 2028 yilda muddatdan avval shartli ozod etilishga umid qilishi mumkin.

Top