11:18 / 23.03.2016
1485

Twitter tvitlarga stikerlar qo‘shish imkoniyatini taqdim qilmoqchi

Twitter mikroblog tarmog‘i o‘z foydalanuvchilari uchun yangi xizmat turini sinovdan o‘tkazmoqda. Unga ko‘ra foydalanuvchi o‘z xabariga stikerlarning joylashtirishi mumkin bo‘ladi, deya xabar beradi Re/code internet portali.

Manbaga ko‘ra, mazkur yangi xizmat turi beta tester tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Kompaniya esa bu holatga izoh berarkan «Twitter‘ni yanada ommabop qilish uchun har doim yangi tadqiqotlar olib borilishini» ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi vkleykalar Facebook va Snapchat ijtimoiy tarmoqlarida mavjud.

Twitter ijtimoiy tarmog‘i 10 yoshga to‘ldi

Top