15:05 / 23.03.2016
1838

Xalqaro savdo internet-platforma tashkil etilishi mumkin

Jahonning eng yirik elektron savdo maydonlaridan biri Alibaba Group asoschisi Jyek Ma mamlakatlarga xalqaro internet platformasini tashkil etishni taklif etdi. Uningcha, bu loyiha nafaqat savdoni rivojlantiradi, balki millatlar aro madaniy aloqalarni ham yaxshilaydi.

“Savdo – bir-birini oson tushunishga imkon beruvchi eng yaxshi muloqot usuli”, - dedi Jyek Ma an'anaviy Boaoda bo‘lib o‘tgan 15-Osiyo iqtisodiy forumda so‘zga chiqqanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihada tashkilotlar ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham ishtirok eta oladilar. “Buning evaziga yaqin 30 yilda 80 foiz tashkilotlar, 80 foiz mamlakatlar, 80 foiz yoshlar o‘z salohiyatlarini ishga sola oladilar. Siz o‘z mahsulotingizni nafaqat yaqiningizdagi odamlarga, balki butun dunyoga sota olasiz”, -dedi ishonch bilan Alibaba asoschisi.

Jyek Ma internet-texnologiyalar bozorlardan an'anaviy do‘konlarni siqib chiqarmaydi, aksincha, yangi ish o‘rinlari yaratadi, deb hisoblaydi.

Tashkilotchi milliarder nutqi davomida savdodagi proteksionizmga o‘z qarshiligini ham ifoda qildi.

Top