09:10 / 24.03.2016
1548

95 yil avval sirli ravishda yo‘qolgan AQSh harbiy kemasi topildi

AQShlik tadqiqotchilar AQSh harbiy-dengiz kuchlarining deyarli 100 yil avval yo‘qolib qolgan kemasini topishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kema AQSh okeanik va atmosfera tadqiqotlari Milliy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan topildi. Ular 95 yil avval izsiz yo‘qolgan AQShning shatakka oluvchi Conestoga kemasini topishganini ma'lum qilishdi.

"Deyarli bir asrlik mavhumlikdan keyin Conestoga yo‘qolishi boshqa g‘ayritabiiy hodisa emas", deb ma'lum qildi boshqarma.

Conestoga kemasi 1921 yil 25 martda San-Frantsisko portidan chiqib, Gavayiga ketayotganda yo‘qolib qolgan. Kemaning qoldiqlari 2009 yilda San-Frantsiskodan g‘arbga tomon 50 km uzoqlikda 60 metrlik chuqurlikda topilgan edi. Biroq o‘shanda olimlar qoldiqlarning qaysi kemaga tegishli ekanini aniqlay olishmagandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kema bo‘ronga tushib, falokatga uchrab, cho‘kib ketgan.

Top