01:15 / 24.03.2016
1590

Bokschi Floyd Meyvezer o‘z faoliyatini Golovkinga qarshi uchrashuv bilan qayta boshlashi mumkin

Oxirgi vaqt amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin haqida ko‘p gapirmoqda. Bu haqda Boxingnews24.com nashri yozmoqda.

Floyd katta boksga 2016 yilda bo‘lmasa ham, 2017 yilda qaytishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. Gaplarga qaraganda, amerikalik o‘zining ketma-ket 50-g‘alabasini aynan Golovkin ustidan qozonmoqchi.

Meyvezer o‘z janglari uchun doimo jarangdor nomli bokschilarni qidirishga harakat qilgan. Bu gal unga Saul Alvares, Amir Xon, Keyt Terman, Kel Bruk yoki Menni Pakyao bilan janglar katta shuhrat va pul olib kelmaydi, shuning uchun unga Golovkin, ya'ni dunyo sahnasida benuqson shon-sharaf qozongan sportchi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin 23 aprelda Los-Anjyelesda Dominik Ueyd, kuzda esa Saul Alvares bilan jang qiladi.

Floyd Meyvezer hisobida hozirda 49 ta jangdan 49 ta g‘alaba bor. Golovkin ham hali birorta jangida mag‘lubiyatga uchramagan, uning hisobida 34 ta g‘alaba bor.

Top