11:14 / 24.03.2016
1342

Lufthansa Bryusselga uchishlarni 28 mart kunigacha bekor qildi

Lufthansa konserni Belgiya poytaxtiga amalga oshirilishi belgilangan barcha reyslarini 28 mart kunigacha bekor qildi. Bunga Bryusselda yuz bergan teraktlar tufayli shaharda xavfsizlik sharoitlari yetarli darajada ta'minlanmagani sabab sifatida ko‘rsatilgan. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

"22 mart kunidan 28 mart kunigacha Bryusselga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 156ta reys bekor qilindi. Bu 12,3 ming nafar yo‘lovchiga ta'sir ko‘rsatadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 40 davlat fuqarolari bo‘lgan 300ga yaqin kishi jarohatlangan.

Top