23:02 / 24.03.2016
1474

Luis Suares Neymar bilan Braziliya-Urugvay uchrashuvining natijasi borasida bahs boyladi

“Barselona” hujumchisi Luis Suares o‘zining klubdoshi Neymar bilan 2018 yilgi jahon chempionatining Braziliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi saralash uchrashuvining hisobi borasida bahs boyladi. Uchrashuv 26 martda bo‘lib o‘tadi.

Bahs g‘olibi yutuq sifatida gamburger oladi. Bu haqda Eurosport.ru nashri xabar bermoqda. 

"Biz Neymar bilan Braziliya-Urugvay uchrashuvi borasida bahs boyladik. G‘olib gamburger oladi. Neymar – ajoyib sherik, biz “Barselona”da doim bir-birimizga ko‘mak beramiz. Bo‘lg‘usi uchrashuvda qaysi jamoa yutmasin, u bundan xushnud bo‘ladi, mag‘lub esa bunga chidashiga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Suares. 

Ikkala futbolchi ham Chempionlar Ligasining o‘tgan haftadagi ramziy terma jamoasiga kiritildi.  

Urugvay jahon chempionatining Janubiy Amerikadagi saralash bosqichida 4 ta o‘yinda 9 ochko to‘plab, 2-o‘rinni egallamoqda. Braziliya esa 7 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda. 1-o‘rinni Ekvador egallamoqda.

Manba: tribuna.uz

Top