16:00 / 24.03.2016
1700

OAV: Taksi kompaniyasi xatosi tufayli jangarilar aeroportga barcha portlovchi moddalarni olib keta olmagan

22 mart kungi terakt ijrochilari bo‘lgan terrorchilar Bryussel aeroportiga taksi xizmatining xatosi tufayli rejadagi barcha portlovchi moddalarni olib bora olmagan. Bu haqda La Derniere Heure xabar tarqatgan.

Nashrning yozishicha, jangarilar kichik yuk mashinasi uchun buyurtma berishgan, lekin xatolik tufayli ularga kichik sedan yuborilgan va jangarilar o‘zlari tayyorlagan barcha portlovchi moddalarni aeroport hududiga olib bora olishmagan.

Qayd etilishicha, yo‘lda jangarilardan biri haydovchiga AQSh siyosatidan noroziligini bildirib o‘tgan.

Bundan oldinroq, Bryussel politsiyasi haydovchi bergan ma'lumotlar orqali teraktlar ijrochilari bo‘lgan aka-uka Bakraviylar yashagan uyni aniqlagan, uydan 15 kg miqdoridagi portlovchi moddalar topilgandi.

OAV: Aka-uka Bakraviylarning asosiy maqsadi Bryusseldagi AES bo‘lgan

Top