22:16 / 24.03.2016
1545

Poroshenkoning ukrainalik futbolchilarga bergan sovg‘asidan keyin hakamlarga bronejiletlar berish taklifi bildirildi

Rossiya Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Irina Yarovaya Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina terma jamoasi futbolchilarini 2016 yilgi Yevropa chempionati final bosqichiga chiqqani uchun to‘pponchalar bilan mukofotlaganiga o‘z fikrini bildirdi.

Ukraina prezidentining sovg‘alarini olishga 29 nafar futbolchidan 9 nafari hamda terma jamoa bosh murabbiyi Mixail Fomenko va Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko munosib deb topildi.

"Ko‘rinishicha, FIFA Poroshenkoning sovg‘alaridan keyin futbol qoidalariga o‘zgartirishlar kiritib, hakamlarga bronejiletlar berishiga to‘g‘ri keladi. Qurol zamonaviy Ukrainaning ramziga aylandi. Bunday sovg‘alar mukofotga emas, balki jangovar vazifalarni qo‘yishga o‘xshaydi. Sportga urush kabi munosabatda bo‘lish – Yevromaydan yetakchisining yevropacha qadriyatlarga kiritgan yangi hissasidir", deb yozdi Yarovaya o‘zining "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Poroshenkoning futbolchilarni to‘pponchalar bilan mukofotlash haqidagi farmoni 2015 yil noyabrida imzolangan. Biroq endi, Ukraina OAVlari tegishli so‘rovni amalga oshirgandan keyingina chop etildi.

Top