20:04 / 25.03.2016
2182

2015 yilda O‘zbekistonda migratsiya qoldig‘i 25 foizga kamaydi

2015 yilda O‘zbekistonni 168,6 ming kishi tark etgan, O‘zbekistonga esa 139,6 ming kishi kelgan. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida keltirilgan.

"Ma'lumotlarga ko‘ra, migratsiya qoldig‘i 29 mingga kamaygan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkich 38,5 ming nafarni tashkil qilgandi", deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, 2014 yilda mamlakatdan 183,8 ming kishi chiqib ketgan, 145 ming kishi mamlakatga kirib kelgandi.

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kishini tashkil qildi va 1,8 foizlik o‘sish qayd etildi.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 3 milliondan ortiq fuqarosi dunyoning turli davlatlarida mehnat faoliyati bilan bo‘lib turibdi, shundan 2 millionga yaqini Rossiya hududida.

Top