20:51 / 25.03.2016
1529

AQShda 14 yoshli jinoyatchi ichida 88 yoshli kampir bo‘lgan avtomobilni o‘g‘irlab ketdi

AQShda 14 yoshli jinoyatchi Chikago yaqinidagi Park-Rij shaharchasidagi Walgreens gipermarketi avtomobillar turargohidan ichida 88 yoshli kampir bo‘lgan avtomobilni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda ABC 7 portali xabar berdi.

Kampirning yaqinlari uni mashinada qoldirib, gipermarketga kirib ketishgan, qaytib kelishganda esa na kampirni, na mashinani topa olishmadi.

Politsiyalarning aytishicha, yosh jinoyatchi kampirni uyigacha eltib qo‘yib, shundan keyingina Chikago tomonga qarab ketgan. Jinoyatchi Chikagoda ushlangan. Keksa ayolga hech narsa qilmagan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, o‘smir joriy oyning o‘zida kamida 4 mashinani o‘g‘irlab ketishga aloqador bo‘lgan. Bundan tashqari, uning ikkita o‘zi tengi sherigi ham bo‘lgan, ular avvalroq hibsga olingan.

Huquq-tartibot muassasalari yosh jinoyatchi uchun qat'iy ayblov qo‘yilishiga erishishmoqchi.

Top