20:25 / 25.03.2016
1500

«Barselona» O‘zil uchun «Arsenal»ga 3 futbolchisini bermoqchi

«Barselona» jamoasi yozda «Arsenal»ning germaniyalik yarimhimoyachisi Mesut O‘zilni qo‘shib olishi mumkin.

As nashri ma'lumotiga ko‘ra, nemis futbolchisi Ispaniya chempionatiga qaytishni istamoqda. Xabarda uning sobiq jamoasi «Real»ning ashaddiy raqibi bo‘lmish «Real»ga o‘tishi qiyin bo‘lishi istisno etilmagan. Futbolchi 2013 yilda madridliklar safidan «Arsenal»ga o‘tganida shartnomada ba'zi bandlar kiritilgani bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Xususan, agar futbolchini boshqa bir ispan jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, «Real»da bu taklifni to‘xtatib, O‘zilni o‘z safiga qaytarib olish uchun 48 soat bo‘ladi.

Bundan tashqari, agar futbolchining transferi 50 million yevrodan ortiqni tashkil etsa, madridliklar bu mablag‘ning 33 foiziga egalik qilishlari mumkin.

«Barselona» «Real»ning yangi futbolchilarni transfer qilishi bo‘yicha qo‘llangan taqiqdan foydalanib, yuqorida keltirilgan shartlarning birinchisidan qochishni maqsad qilgan.

Ikkinchi shartdan qochish uchun esa kataloniyaliklar O‘zilni o‘zining 3 futbolchisiga almashtirishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, O‘zil uchun «Barselona» londonliklar jamoasiga Arda Turan, Munir El-Haddadiy va Sandro Ramiresni berishni rejalashtirgan.

«Arsenal» rahbariyati shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadigan O‘zil bilan kelishuvni cho‘zish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Top