19:31 / 25.03.2016
1315

Bryusseldagi maxsus amaliyot chog‘ida yana bir portlash sodir bo‘ldi

Bryussel shahrining Skarbek kommunasida olib borilgan maxsus amaliyot davomida uchinchi portlash sodir etildi. Bu haqda RTBF telekanalida xabar tarqatilgan.

Telekanal xabarida aniqlik kiritilishicha, portlash Rojye ko‘chasida sapyorlar ishga kirishgan vaqtda yuz bergan.

Bundan oldinroq, hududda maxsus harbiy xizmatchilar amaliyot boshlagan vaqtda 1 daqiqa oralig‘i bilan 2ta portlash yuz bergan, otishma vaqtida bir jangari yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Keyinroq, harbiylar yana bir jangarini oyog‘idan jarohatlashgan va qo‘lga olishgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 300ga yaqin kishi jarohatlangan.

Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top