21:21 / 25.03.2016
1519

Google elektron pochtasini hukumat xakerlaridan himoyalaydi

Google kompaniyasi o‘z qidiruv sahifasida foydalanuvchining ro‘yxatga olishdagi ma'lumotlari hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan xakerlar hujumiga uchrashi mumkinligi haqida xabar bera boshladi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.

Kompaniyada aytilishicha, bunday turdagi hujumlarga o‘rtacha 0,1 foiz foydalanuvchilar uchraydilar. Biroq turli davlatlarda nishon sifatida jurnalistlar, faollar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va hattoki boshqa davlatlar amaldor shaxslari tanlanishi mumkin.

Mavjud bo‘lgan xavf imkoniyatlari haqidagi xabarni hujumga uchrashi mumkin bo‘lgan qurbonlar, shuningdek nashrning jurnalisti ham olgan.

Avvalroq o‘zini IShIDga tegishli deb biluvchi "Kiberhalifalik" xakerlik guruhi Google saytiini buzishga va'da bergan, biroq boshqa saytga hujum qilgan.

Top