19:21 / 25.03.2016
1391

Ivanov: Nazariy jihatdan Savchenkoni Ukrainaga topshirish ilojsiz ish emas

Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko bilan bog‘liq mahkama jarayonining Minsk kelishuvlariga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar qilgan.

«Bu voqeaning Minsk kelishuvlariga zarrachalik aloqasi yo‘q, chunki Rossiya mojaroda ishtirok etayotgan tomonlardan biri emas», — deb bayonot bergan Ivanov.

Bundan tashqari, Savchenkoni Ukrainada qo‘lga olingan Rossiya fuqarolariga almashtirish nazariy jihatdan mumkinligi, biroq bu borada yakuniy qarorni faqat Rossiya prezidenti qabul qila olishi aytilgan.

«Almashtirish haqida gapiradigan bo‘lsak — u nazariy jihatdangina mumkin. Albatta, Rossiya qonunchiligiga to‘liq amal qilingan holatda. Va bu borada so‘nggi qaror Rossiya federatsiyasi rahbari tomonidan qabul qilinadi», — deya Ivanov so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Bundan avvalroq, AQShda sudlangan rus uchuvchisi Konstantin Yaroshenkoning onasi o‘g‘lini ukrain harbiy xizmatchisi Nadejda Savchenkoga almashtirish fikrini ilgari surgandi.

Top