21:15 / 25.03.2016
1426

Mehmoni tomonidan tunalgan mezbon

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Ivan uyiga do‘sti Sergeyni mehmonga chaqiradi. Do‘stlar suhbatlashib, otamlashib o‘tirishadi. Mezbonning kayfi oshgach, bundan mehmon foydalanib qolmoqchi bo‘ladi. Bu haqda “Ogoh” nashri xabar bermoqda.

Shu tariqa Sergey Ivanning uyidan 120 ming so‘mlik DVD apparati va 200 ming so‘mlik kiyim-kechaklarni o‘g‘irlab qochib ketadi. Ivan ariza bilan ichki ishlar bo‘limiga murojaat etadi. Tez orada Sergey qilmishini bo‘yniga oladi.

Top