15:54 / 25.03.2016
1746

Pokistonda hindistonlik josus qo‘lga olindi

Pokiston g‘arbida Islom Respublikasi maxsus xizmati operativlari tomonidan Hindiston josuslik xizmati zobiti qo‘lga olindi. Bu haqda Pokiston Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Belujiston viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Kvetta shahrida Hindiston fuqarosi hibsga olingan. Islomobod rasmiylari ma'lumotiga ko‘ra, Kul Bxashan Yadav Hindiston harbiy dengiz flotining kapitan unvonidagi zobiti hisoblanadi.

IIV ma'lumoti bo‘yicha, u Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi (SPEC) deb ataluvchi Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli loyihalari to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plash maqsadida, Pokiston hududiga qalbaki hujjatlar bilan kirib olgan.

Pokiston maxsus xizmati bir yildan ortiq muddatdan buyon ushbu hindistonlikning harakatlari va faoliyatini kuzatib yurgan. Aniqlanishicha, u Belujiston viloyatidagi ayirmachilik guruhlari bilan aloqada bo‘lgan va ularga ma'lumotlar evaziga pul mukofotlari berib turgan.

Josusning buyumlari orasidan Afg‘oniston va Pokiston mobil aloqa operatorlarining ro‘yxatdan o‘tmagan sim-kartalari hamda Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi ayrim hududlarning batafsil xaritalari topilgan.

Shu voqeadan so‘ng Hindiston elchisini Pokiston IIVga chaqirtirildi va norozilik bildirildi.

Top