11:02 / 25.03.2016
1527

Qozog‘istonda nuqsonli mahsulotni yarim yildan keyin ham qaytarishga ruxsat berildi

Endi qozog‘istonliklar sotib olgan mahsulotlarini, avval ruxsat berilganidek, ikki hafta emas, balki olti oy davomida do‘konga qaytarib berishlari mumkin.

Tegishli o‘zgarishlarni senat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga kiritdi, deb xabar beradi KTK.

Milliy iqtisodiyot vaziri Erpo‘lat Dosayev ko‘p xaridorlar mahsulot nuqsonini keyinroq aniqlashlari haqidagi shikoyatlardan so‘ng ushbu o‘zgarishlar kiritilganini bildirdi.
Bu qonun tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqli emas.

Top