11:49 / 25.03.2016
1978

Rim papasi qochqinlarning oyog‘ini yuvib qo‘ydi

Rim papasi Frantsisk katoliklar tomonidan nishonlanadigan Pok payshanba kuni vaqtinchalik istiqomat qilish markazidagi siyosiy boshpana so‘ragan 12 nafar xudojo‘y – 11 nafar qochqin va italiyalik ayolning oyog‘ini yuvib o‘pib qo‘ydi.

12 nafar dindorlarning besh nafari katolik (ulardan to‘rttasi nigeriyalik yosh yigitlar), uch nafari musulmon, uch nafari qibtiy va hindu bo‘lgan.

Oyoq yuvish marosimi Iso Masih birodarlarcha samimiy mehr va kamtarlik ramzi sifatida o‘z shogirdlarining oyog‘ini yuvib qo‘ygan Sirli kecha haqidagi Injilda keltirilgan hadis asosida o‘tkaziladi.

Bu yil pontifik birinchi marta marosimni Rimdan tashqarida – Italiya poytaxtiga yaqin bo‘lgan Kastelnuovo-di-Porto shaharchasida o‘tkazdi.

Oyoq yuvish paytida pontifik Bryusselda sodir etilgan qonli teraktlarni esladi. Frantsiskning aytishicha, bu voqealar ortida, xuddi Iudaning ortida kimdir yomonliklarga da'vat etgandek, boshqa odamlar bor.

822 nafar qochqinlar istiqomat qilayotgan vaqtinchalik boshpana markazida Rim papasi Rabbiy Kechasi messasi (katoliklar ibodati va shu ibodat mahali aytiladigan kuy)ni amalga oshirdi va uchta qochqinlar oilasi bilan ko‘rishdi.

Top