11:07 / 26.03.2016
1362

AQShda bortida katta miqdorda kokain bo‘lgan suvosti kemasi qo‘lga olindi

AQSh bojxona xizmati va chegarani qo‘riqlash xizmatchilari Texas shtati chegarasida uncha katta bo‘lmagan suvosti kemasini qo‘lga olishdi. O‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng aniqlanishicha, unda 5,5 tonna kokain giyohvand moddasi bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Independent.

Katta yukni ko‘tarolmay Tinch okeani sharqiy sohillarida cho‘kishni boshlagan kemani bojxona xodimlari ilg‘ab qolishgan. Natijada suvosti kemasidagi 4 kishi ham hibsga olindi.

Havo xavfsizligi milliy markazi direktori Jon Vassonning aytishicha, 2 ta boshqarmaning qo‘shma amaliyoti tufayli mamlakat hududiga yirik miqdordagi giyohvand moddalar kirishiga barham berilgan. Va bunday hamkorlikdagi amaliyotlar doimiy tus oladi, degan Jon Vasson.

2015 yili AQSh bojxona xizmati va chegarachilar tomonidan 198 marta giyohvand moddalarning mamlakatga olib kirilishi to‘sib qolingan. Bundan avval, 30 kg kokainni o‘tkazishga uringan styuardessa qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Top