09:43 / 26.03.2016
1359

AQShda Obamaga tahdid qilgan erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

AQShning Viskonsin shtati sud hakami Uilyam Konli o‘tgan yozda AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirish bilan tahdid qilgan Brayan Datcherni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Datcher 2015 yil iyunida feysbukdagi sahifasida "o‘zining konstitutsion burchini amalga oshirishga", ya'ni Barak Obamani uning La-Kross shahriga tashrifi paytida o‘ldirishga va'da bergan.

Datcherni tanigan, La-Kross shahri kutubxonasi qo‘riqchisining aytishicha, Datcher o‘zining bu "shum" niyati haqida unga ham aytgan.

Yanvar oyida hukm chiqaruvchilar federal sudi Datcherni Obama hayotiga tahdid qilishda aybdor deb topgandi.

Top