21:08 / 26.03.2016
1476

Flydubai aviakompaniyasi uchuvchilari parvozlar paytida uxlab qolgan holatlar bo‘lgani ma'lum qilindi

Rostov-Donda samolyoti falokatga uchragan flydubai aviakompaniyasi xodimi va falokatda halok bo‘lgan uchuvchilarning hamkasbi reyslardan birida samolyot 8 daqiqa davomida boshqaruvsiz qolib ketganini ma'lum qildi.  

Ushbu uchuvchi tergovga o‘zining shaxsiy hisobotini taqdim qildi.

Hisobotdan ma'lum bo‘lishicha, uchuvchilar jadvali juda tig‘iz bo‘lgan va shu sababli ular parvozlar orasida yetarlicha dam olishga ulgurishmagan. Shu sababli uchuvchilarda charchoq yig‘ilib, ular gohida samolyotni boshqarayotgan paytda uxlab qolgan holatlar ham bo‘lgan. Uchuvchining aytishicha, parvozlardan birida samolyotning ikkala uchuvchisi ham shturval oldida uxlab qolgani sababli samolyot 8 daqiqa davomida boshqaruvsiz qolib ketgan.

Uning aytishicha, samolyotning falokatga uchrashiga uchuvchilarning charchog‘i sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Uchuvchi o‘zining faoliyati davomida ham parvozlar orasida me'yorida uxlay olmagan holatlar bo‘lganini tan oldi.

Top