13:28 / 26.03.2016
1216

Xodorkovskiy «YuKOS»ni xarid qilish uchun pul manbalarini ma'lum qildi

1995 yili «YuKOS» neft kompaniyasini xarid qilish uchun pullar «Menatep», «Stolichnyy» i «Most» banklari tomonidan taqdim etilgan. Bu haqda, kompaniyaning sobiq xo‘jayinlaridan biri Mixail Xodorkovskiy RBK bilan suhbatida Tergov qo‘mitasining da'vosini izohlar ekan ma'lum qilgan. Bundan tashqari «mening mudofaa kompleksidagi eksport qiluvchi korxonalarim ham mablag‘ bergan», — deb Xodorkovskiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RBK.

Bundan avval, RF tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markin, Mixail Xodorkovskiy «YuKOS» aksiyalari uchun «bir tiyin» ham to‘lamaganini ta'kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1995 yili «YuKOS»ni xususiylashtirishda Xodorkovskiyga tegishli 2tagina firma qatnashgan. Aktsiyalarni xarid qilish uchun mablag‘ning aksari «Menatep» banki hisobidan to‘langan. Keyinchalik bankka pul qaytarilmagani bois, u bankrot deb topilgan.

Markinning fikricha, bu holat Xodorkovskiy «YuKOS» aksiyalarini «o‘g‘irlagani»ni anglatadi. Shu bois, kompaniya sobiq aksionerlarining Rossiyadan tovon puli talab qilishi asossiz, deydi Markin. Aktsionerlar huquqlari poymol qilingani xususida Haaga sudi tomonidan ularga 50 mlrd dollar kompensatsiya to‘lash bo‘yicha hukmi ham ijro etishga asos bo‘la olmaydi.

Top