21:40 / 27.03.2016
1494

Pokistonning Lahor shahrida terakt sodir etildi

Pokistonning sharqidagi Laxor shahrida portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deb qutqaruvchilarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, portlash sababi hozircha noma'lum, biroq buni aniqlash jarayoni ketmoqda. Portlash bog‘lardan birida yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, 30 dan ko‘proq odam jarohat olgan, ular shifoxonaga yotqazilganlar. Jabrlanganlarning ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil qilgan.

Ayni vaqtda ushbu portlash uchun birorta ham terrorchilik guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top