12:05 / 27.03.2016
1373

Roy Xojson: «Biz o‘yinga qaytganimiz va 3ta gol urganimiz, bu fantastika edi»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Roy Xojson o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya termasi ustidan qozonilgan irodali g‘alaba (3:2) haqidagi fikrlarini bayon etdi.

«Bu mening terma jamoa boshqaruvidagi 4 yillik faoliyatim davomidagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi. Germaniyani har kuni ham mag‘lub eta olmaysan. Bugun biz Fransiya bilan o‘yinda (2:0) bo‘lgani kabi a'lo darajada o‘ynadik, shu ruhda davom etishimiz kerak.

Tanaffusda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashimiz adolatdan bo‘lmasligi haqida o‘ylayotgandim. Bizning darvozabonimiz (Batlend - tahr.) jarohat oldi va Kroosning uzoqdan yo‘llangan zarbasini qaytara olmay qoldi. Ikkinchi taymda hisob 0:2 ko‘rinishiga kelishi esa haddan tashqari adolatsiz hol edi.

Lekin biz hujum qilishda davom etdik va o‘yinga qayta olib, 3ta javob goli urdik. Bu fantastik o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarimni har qancha maqtash kamlik qiladi», – deydi Xojson.

Top