09:31 / 27.03.2016
1412

Vardi – «Lester»ning keyingi 31 yil davomida Angliya termasi uchun gol urgan ilk futbolchisi bo‘ldi

Angliya terma jamoasiga chaqirila boshlagan Jyeymi Vardi Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi (3:2) gollardan biriga mualliflik qildi.

«Lester» jamoasidan termaga jalb etilgan bu 29 yoshli hujumchi o‘yinning 75 daqiqasida himoyachi Nataniel Klayn uzatgan pasni golga aylantirdi. Bu uning terma jamoa uchun urgan ilk goli bo‘ldi.

Shu bilan birgalikda Vardi keyingi 31 yil davomida Angliya terma jamoasi uchun gol urgan ilk «Lester» futbolchisiga aylandi. Oxirgi marta bu jamoa a'zosi bo‘lganida, 1985 yilning iyunida Gari Lineker terma jamoa safida golga mualliflik qilgandi.

Ma'lumot uchun, Angliya chempionatining joriy mavsumida Vardi 31 o‘yinda 19 gol urgan.

Top