11:31 / 28.03.2016
7329

2015 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 42,28 trln so‘mni tashkil etdi

2015 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 42,28 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2014 yil bilan taqqoslaganda, 6,8 foizga ko‘pdir, deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi bergan bayonotda. 

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2015 yilda 25,085 trln so‘mlik dehqonchilik (+6,7 foiz) 17,195 trln so‘mlik (+6,8 foiz) chorvachilik mahsulotlari yetishtirgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari ulushi 65,4 foiz (2014 yilda – 65,1 foiz), fermer xo‘jaliklari – 32,6 foiz (32,9 foiz), dexqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmalar ulushi – 2,0 foiz (2,0 foiz)ni tashkil etgan, deb xabar beradi uzdaily.uz

Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida dehqonchilik hissasi 59,3 foiz (2014 yili – 59,0 foiz)ni tashkil etgan. O‘tgan yili jami 3695,1 ming gektar yerga ekin ekilgan.

Shundan, boshoqli don mahsulotlari – 1671,6 ming ga (+1 foiz), paxta maydoni 1298,0 ming ga (-0,2 foiz)ni tashkil etgan.

2015 yilda kartoshka-0,4 foiz, sabzavotlar–1,1 foiz, poliz mahsulotlari -0,9 foiz, yem-xashak 0,5 foiz ko‘proq maydonda yetishtirilgan.

Qishloq xo‘jaligida chorvachilik ulushi 2014 yildagiga nisbatan birmuncha kamaygan- 40,7 foiz (2014 yili – 41,0 foiz).

Shunga qaramay, barcha chorvachilik xo‘jaliklarida hayvonlar soni 642,6 ming bosh (5,8 foiz)ga oshgan. Jumladan, qoramollar – 88,4 ming bosh (2,2 foiz), qo‘y va echkilar–648,7 ming bosh (3,5 foiz), parranda soni 4875,5 ming (8,7 foiz)ga ko‘paygan.

2015 yil yanvar-dekabr oylarida 2033,5 ming tonna tirik vaznda go‘sht (6,7 foizga ko‘p), 9028,2 ming tonna sut (7,1 foiz), 5526,0 mln dona tuxum (11,6 foiz), 36,0 ming tonna jun (4,8 foiz) yetishtirilgan.

Hisobot yilida, fermer xo‘jaliklari ishlab chiqargan mahsulotlar 13,801 trln so‘mni tashkil etgan. Ular, 2014 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 4,3 foizga o‘sishga erishgan.

Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaliklari mahsulotidagi umumiy hissasi esa 32,6 foizni tashkil etgan.

Top