19:23 / 28.03.2016
1759

Astronomlar to‘qqizinchi sayyoraning mavjudligiga yangi dalillar topishdi

Pluton sayyorasini yaqindan ko‘rish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun fanga naq 50 yil kerak bo‘ldi, shuning uchun taxmin qilish mumkinki, inson to‘qqizinchi sayyorani "o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi"gina qoldi.

Biroq haqiqat shundaki, avvalo uning mavjudligini isbotlash zarur. Astronom Maykl Braunning ma'lum qilishicha, to‘qqizinchi sayyoraning borligi foydasiga yangi dalillar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tish joizki, Braun va uning kasbdoshi Konstantin Batigin Koyper chizig‘i ichida bir necha obektlar harakatiga asoslangan katta samoviy jism borligini aniqlashgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bu obekt harakatlanishi bilan Koyper chizig‘i ichidagi obektlarga ta'sir o‘tkazmoqda hamda ularning yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Yaqin kunlarda Braun "Tvitter"da SETI tashkilotining slaydini namoyish etdi. Unda Koyper chizig‘ida yana bir obektning (uo3L91) mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Aynan mana shu jism to‘qqizinchi sayyora bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Koyperning yangi obekti Kanada-Fransiya-Gavayi teleskopi orqali kashf qilindi, bu teleskop orqali olimlar Quyosh tizimi atrofidagi tadqiqotlarni olib borishadi. Shunday bo‘lsa-da, buni to‘liq isbotlash uchun olimlarga yanada ko‘proq dalillar kerak bo‘ladi.

Top