09:41 / 28.03.2016
1528

«Barselona» va «Ayaks» Kroyff xotirasi uchun o‘zaro uchrashuv o‘tkazmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Gollandiyaning «Ayaks» jamoasi bilan joriy yilning iyul oyida sobiq futbolchi Yohan Kroyff xotirasiga o‘zaro uchrashuv tashkil qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Ayaks» uy stadioni «Amsterdam Arena» gollandiyalik afsonaviy futbolchi sharafiga o‘zgartirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Top