16:29 / 28.03.2016
1620

Internetda Meizu Pro 6 smartfonining yangi suratlari paydo bo‘ldi

So‘nggi bir necha haftadan beri Meizu kompaniyasining yangi flagman telefoniga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Ammo hozircha Xitoy kompaniyasi Meizu Pro 6 taqdimotini qachon o‘tkazishi sir bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik taqdimot marosimi tez orada bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Nafaqat ko‘plab mish-mishlar, balki shu kunlarda Meizu Pro 6 smartfonining internetda paydo bo‘lgan suratlari bunga asosdir. Ulardan yangi flagmanning ayrim jihatlarini bilib olish mumkin.

Demak, ishlab chiqaruvchi gadjyetdagi ayrim elementlar joylashuvini o‘zgartirgan. Masalan, quloqchinlarning 3,5-mmli o‘rni telefonning yuqori qismidan pastga o‘tkazilgan. Lazerli avtofokus va yoritqich yagona modulga aylanib, asosiy kamera ostiga joylangan.

Yangi flagmanning texnik xususiyatlari borasidagi mish-mishlarga ko‘ra, Meizu Pro 6, 1920x1080 o‘lchamli diagonali 5,5 yoki 5,7 dyuymli ekran, 2-2,5 GGts to‘lqinda ishlovchi MediaTek Helio X25 protsessori, 4 GB operativ xotira va 64 GB lik ichki o‘rnatilgan xotiraga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Meizu ning asosiy kamerasi 21-megapikselga aylanadi. Unda shuningdek, barmoqlar skaneri va 3 500 mAch quvvatli akkumulyator o‘rnatiladi.

Top