O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov aprel oyi oxirida Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchakka asoslangan holda RIA Novosti nashri xabar bergan.
“25-26 aprelda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri bu O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash masaladir”, — dedi Storchak Federatsiya Kengashi majlisida.
O‘zbekiston qurolli kuchlarini qayta jihozlash maqsadida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu masalani muhokama etish Islom Karimovning Moskvaga safari maqsadlaridan biri bo‘ladi.