18:12 / 28.03.2016
1795

O‘zbekiston paralimpiyachilari yengil atletika bo‘yicha Tunisda o‘tgan xalqaro turnirda 30 ga yaqin davlat ichidan 5-o‘rinni qayd etdi

2016 yilning 24-26 mart kunlari Tunis shahrida Yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik 6 nafar paralimpiyachi ishtirok etib, oltita oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, Farrux Mirzaqulov (uzunlikka sakrash, F-47) 6.75 sm. , Yoqutxon Xolbekova (1500 m. yugurish, T-12) 4:55:91 daqiqa, Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish, F-12) 12.83 sm. , Dilafro‘z Ahmadxonova (yadro uloqtirish, F-35) 7.88 sm. , Doniyor Soliyev (uzunlikka sakrash, F-12) 7.88 sm. hamda Aleksandr Svechnikov (nayza uloqtirish, F-13) 57.02 sm. natijalari bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olib, umumiy jamoa hisobida 30ga yaqin davlatdan 5-o‘rinni egalladilar.

Top