20:10 / 28.03.2016
1526

Poroshenko Rossiyani Donbassdan “tuyog‘ini shiqillatish”ga chaqirdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Donbassda qilgan chiqishida tinchlikni tiklash muhimligi haqida fikr bildirgan. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar qilgan.

“Biz yana bir narsani tiklashimiz lozim, tinchlikni. Donbassda artilleriya zarbalari berilmasligi uchun, tanklar ovozi eshitilmasligi va Donbassda ukrainlar qurbon bo‘lmasligi uchun tinchlikni tiklashimiz lozim. Buning uchun, Minsk kelishuvlari amalga oshishini kutaverib toqatimiz toq bo‘ldi. Shu sababli, bosqinchi Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini talab qilaman. <...> Donbass yeridan ularga “yo‘qolinglar!” deya murojaat qilaman”, degan Poroshenko.

Bundan avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Ukraina hududida rus harbiylari mavjudligi to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb atagan edi.

Top