14:02 / 28.03.2016
1438

Qozog‘istonda Fokker 100 samolyotlarining texnik aktlarsiz ekspluatatsiyasi taqiqlandi

27 mart kuni Qozog‘istonning Bek Air aviakompaniyasiga qarashli Fokker 100 samolyoti Qizilo‘rda-Ostona ichki reysini amalga oshirayotib, samolyotni oldi g‘ildiraklarsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Qozog‘istonning investitsiya va taraqqiyot vazirligining fuqarolik aviatsiyasi
Bek Air aviakompaniyasiga qarashli Fokker 100 samolyoti bilan bog‘liq voqeadan so‘ng bu samolyotlarning texnik aktlarsiz ekspluatatsiyasiga taqiq qo‘yildi.

Boshqarmaning ma'lum qilishicha, Qozog‘istonda Fokker 100 kabi samolyotlar faqat Bek Air kompaniyasida ekspluatatsiya qilinadi. Aviaparkda 8ta ana shunday samolyot bor bo‘lib, ulardan 6tasi Qozog‘istonda ekspluatatsiya qilinadi.

Aviakompaniyaga agregatlar va shassilarning old va asosiy qismlari hamda uni ishlab chiqarish tizimini tekshirishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida buyruq berildi. O‘z o‘rnida ana shunday texnik akt "Qozaeronavigatsiya" havo yo‘llari harakatini rejalashtirish Bosh markaziga taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga "Qozaeronavigatsiya"ga qo‘mita tomonidan Fokker 100 havo kemasini ko‘rsatilgan aktsiz ishga tushirilmasligi tayinlandi.

27 mart kuni Bek Air aviakompaniyasiga qarashli Fokker 100 samolyoti bilan ro‘y bergan hodisadan so‘ng qo‘mitada bunday hodisalarni oldini olishga qaratilgan bir qator profilaktik chora-tadbirlar ko‘rildi.

27 mart kungi hodisada samolyotni qo‘ndirish chog‘ida uning ichidagi 116 yo‘lovchi va 5 ekipaj a'zosidan hech kim ziyon ko‘rmagan.

Respublika Bosh transport prokuraturasi mazkur hodisa yuzasidan "Harakat xavfsizligi va havo transporti ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi" moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi va uni o‘rganib chiqishga kirishdi. Shuningdek, samolyotni qo‘ndirishdagi avariya holati bo‘yicha respublikaning investitsiya va taraqqiyot vazirligi hamda havo kemasi mansub bo‘lgan aviakompaniyalar o‘z tekshiruvini boshladi.

Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi rahbari Aset Isekeshev ekipajning mahoratiga to‘xtalib, uning a'zolari davlat mukofotlariga taqdim etilishlarini ta'kidladi.

Bek Air aviakompaniyasi 1999 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u Qozog‘istonda doimiy qatnovlarni yo‘lga qo‘yuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Top