09:54 / 28.03.2016
1532

Shveytsariya ayol kyorlingchilar jamoasi ketma-ket uchinchi marta jahon chempioni bo‘lishdi

Kyorling bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Shveytsariya ayollar terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kanadaning Svift-Kerrent shahrida bo‘lib o‘tgan final bosqichida shveysariyalik ayollar Yaponiya terma jamoasini endlar bo‘yicha 9:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Bronza medallari rossiyalik kyorling ustalariga nasib qildi.

Shu tariqa, Shveytsariya terma jamoasi ketma-ket uchinchi, umumiy hisobda oltinchi marta jahon chempionatida zafar quchishdi.

Top