16:32 / 29.03.2016
4611

“E-yoshlar”da Navro‘z” aksiyasi qizg‘in davom etmoqda

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalarni nishonlash navbati endi Toshkent moliya institutiga ham yetib keldi. Ayyom ruhiga mos bezatilgan “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi maydonda institut o‘qituvchilar jamoasi, talabalar va tadbir mehmonlari bayram saylini o‘tkazishdi.

Alohida e'tirof etish joizki, tadbirga ishtirokchilar – ustoz va talabalar, mehmonlarning katta qismi #NavrUZ yozuvi tushirilgan maxsus futbolkalarda tashrif buyurishdi.

Xursandchilik, tinch va xotirjam hayotimizdan shukrona ruhida o‘tkazilgan bayram tantanasi davomida qatnashchilar tomonidan tushirilgan suratlar va videolavhalar faol ravishda e-yoshlar.uz saytiga jo‘natib turildi.

Talabalar ishtirokida yurtimizning turli viloyatlari urf-odat va an'analari aks etgan sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta qiziqish va ulkan taassurot qoldirdi. San'atkorlarning chiqishlari, bayramona bezatilgan dasturxon ko‘tarinki kayfiyat yanada ortishini ta'minladi. Bayram sayli ko‘rinishida o‘tkazilgan tadbir talabalarga quvonchli lahzalar va a'lo kayfiyat taqdim etdi. Yig‘ilganlarning barchasi bayram marosimidan xursand va shod holda ayyom taronalariga jo‘r bo‘lishdi.

 

Top