16:41 / 29.03.2016
2590

2015 yili O‘zbekistonda 25329,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining o‘tgan yil natijalariga bag‘ishlangan hisobotida qayd etilishicha, 2015 yili mamlakat qurilish sohasida 2014 yilga nisbatan 17,8 foiz ko‘p mablag‘ o‘zlashtirilgan, ya'ni 25329,1 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Shulardan 79,2 foizi yangi qurilish, qayta ta'mirlash, korxonalarni kengaytirish hamda texnik qayta jihozlash hissasiga to‘g‘ri keladi.

Nodavlat qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 23812,4 mlrd so‘mni tashkil etib, shu sohaning 94,0 foizini tashkil etdi.

Suv tarmoqlari qurilishiga jami 378,4 mlrd so‘m sarf etilgan bo‘lib, shundan respublika byudjyeti mablag‘lari 185,3 mlrd so‘m (49 foiz), xorijiy sarmoya va kreditlar 167,8 mlrd so‘m (44,3 foiz), aholi mablag‘lari hisobidan kiritilgan sarmoya esa 21,7 mlrd so‘mni (5,8 foiz) tashkil etdi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan bu sohaga kiritilgan sarmoyalar 1,6 mlrd so‘m (0,4 foiz), boshqa moliyaviy manbalarning xarajatlari 2,0 mlrd so‘mdan (0,5 foiz) iborat bo‘lgan.

Yangi gaz tarmoqlari barpo etishga sarflangan xarajatlarning 100 foizi, ya'ni 13,6 mlrd so‘mlik ishlar mijozlar hisobidan qoplangan.

Top