18:43 / 29.03.2016
5297

Ali Otajonov bobosining soxta nabirasini topgan insonga mukofot borligini ma'lum qildi

Ali Otajonov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali tanish-bilishlari va muxlislarini tezkor xabar bilan ogohlantirdi. Xonanda bir yigit “Men Ortiq Otajonovning nabirasiman”, – deb O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning joriy yilning aprel oyidagi konsert dasturiga qalbaki chiptalar sotib yurganini ma'lum qildi. Bu haqida “Qalampir” nashri xabar beradi.

Ali Otajonov bobosining nomidan foydalanib, odamlarni chuv tushirib yurgan bu yigitni topganlarga mukofot borligini aytib, ma'murining raqamini yozib qoldirdi.

Kontsert dasturlariga qalbaki chiptalar sotilishi bilan bog‘liq holat birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. Avvallari ham O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Fayz, Rayhon G‘aniyeva, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning konsert dasturlariga qalbaki chiptalar sotilayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

Top